BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — o’rgimchakbo’rilar (Lucosidae) oilasiga mansub o’rgimchaklar urug’i. Tanasining uzunligi 3,5 santimetrgacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuproqli joylar (ariq va zovurlar bo’yi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, daryo bo’ylari)da 60 santimetrgacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, o’lja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) o’rgimchak ipidan to’qilgan pillaga 100 ga yaqin tuxum qo’yadi. Urg’ochi Biylar pillasini o’rgimchak bezlariga yopishtirib yoki xeliserasida olib yuradi. Tuxumdan chiqqan biychalarni ham urg’ochi B. 2 — 3 kun davomida ko’tarib yuradi. Biylar O’rta Osiyo, Qozog’iston, Janubiy Yevropa va Kavkazning cho’l, chala cho’l va dashtlarida tarqalgan. O’zbekistonda tarqalgan 5 turidan nortman biyi (L. nortmani) ko’p uchraydi. L. pulviventris, L. alticeps Samarqand Janubda, L. medra qarshi cho’lida, Janub rus biyi (L. singierensis) Chirchiq va Farg’ona vodiysida tarqalgan. Biylar zaharli, ammo odam va hayvonlar uchun xavfli emas.