BOSH QORAKO’L KOLLEKTORI
BOSH QORAKO’L KOLLEKTORI — Buxoro viloyatida Amuqorako’l kanali zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik kilinadigan 17,9 ming gektar maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy radius 42 kilometr. 1967 yilda qurilgan. Bosh Qorako’l kollektori tarkibida Yomonjar nasos stansiyasi ham ishlaydi. Bosh Qorako’l kollektori suvi Qizilqumni yonlab o’tib, tuzli ko’lga kuyiladi. Qo’shilish joyida suv sarfi 11,4 metr kub/sekund. Bosh Qorako’l kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yig’uvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda.