BRUTALIZ

BRUTALIZM, neobrutalizm (inglizcha brutal — dag’al, qo’pol) — Yevropa me’morligida 20-asr 3-choragida yuzaga kelgan yo’nalish. Me’morlik shakllarini dag’al, nafosatsiz gavdalantirishga intilishdan iborat. Dastlab Buyuk Britaniyada (me’mori A. va P. Smitsonlar), keyin G’arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiyada tarqalgan. Brutalizm me’morlik massalarining iloji boricha sodda va dag’al arxitektonikasini namoyon etadi. Ularning shiori qurilish materiallari (metall, temirbeton, alyuminiy, g’isht, oyna va boshqalar) ning tabiiy holatini qanday bo’lsa shundayligicha saqlab qolishdir.