BUGANDA

BUGANDA (Byganda) — o’rta asrlarda Afrikada mavjud bo’lgan davlat (14— 19-asr oxiri). Etnik asosini ganda (baganda) xalqi tashkil etgan. 18-asr oxirigacha Unorota tobe bo’lgan. 19-asrda qudratli davlatga aylangan. Mustamlaka urushlari davrida, 1890 yildan Britaniya mulklari tarkibiga kiritilgan, 1900 yildan Uganda protektoratining Muxtor viloyati, 1962 yildan mustaqil Uganda — buddizmda bir necha bor qayta tug’ilishlar jarayonida mutlaq haqiqatga etishgan va boshqalarga diniy najot yo’lini ko’rsatishga qodir zot. Keng ma’noda — har bir inson juda ko’p ezgulik qilish, bu dunyoning barcha sevimli narsalari foydasiz ekanini anglash orqali Bugandaga aylanishi mumkin. Buddizm panteonida yuzlab turli Bugandalar bor. Tor ma’noda esa — buddizm asoschisi, bu dunyo tashvishlarini tark etib, «Oliy haqiqatga erishgan» Siddhartha Gautama (mioddan. avvalgi 623-544) ning ismi. Buddizmga taallukdi kitoblarda Gautama barcha xudolar, ruhlar va tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida ta’riflanar ekan, uning bosib o’tgan yo’li bir emas, bir necha hayotlardan iborat bo’lgan deb uqtiriladi. Rivoyatlarga ko’ra, Gautamani Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavastu shahri podshohining xotini Maxamayya ilohiy homiladorlikdan tuqqan. Dunyoga kelgan farzand shu zahotiyoq: «men barcha jonli maxluqlarning eng buyugiman. Bu mening oxirgi tug’ilishim», deb xitob qiladi. Buddizm diniy kitoblarida aytilishicha, Maxamayya o’g’li Gautama tug’ilgach, yetti kundan so’ng vafot qilgan va xudolar osmonlaridan birida qayta tug’ilgan. Shahzoda Gautama Pahlavon bo’lib o’sa boradi. 16 yoshida uni Yashodxaraga uylantiradilar. Ammo to’q, farovon turmush uni qoniqtirmaydi, 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tugilgan o’g’lini tark etib, sayyor darvishlar — shramanlarga qo’shiladi. U 6 yil Ganga daryosi qirg’oqlarida zohirlik bilan hayot kechiradi va tana faolligini sundirish aklning ozishiga olib kelishini anglagach, 35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta) davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish g’oyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga erishadi va koinotning barcha sirasroridan voqif bo’lgan Bugandaga aylanadi. Buganda insoniyat boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o’rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qildi. Shundan so’ng Buganda 45 yil davomida qadimgi hind davlatlari Koshala va Magadxa bo’ylab o’z ta’limotini targ’ib qiladi va 80 yoshida vafot etadi. Buganda ta’limotining asosiy mazmuni Banorasda qilingan xutbada «To’rt oliy haqiqat» shaklida bayon etilgan. Bugandaning shogirdlari yer yuzida birinchi rohiblar jamoasini tashkil etganlar. 1956 yil Buganda vafotining 2500 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Podsho Ashoka (miloddan avvalgi 268-231 yillar) amri bilan toshtaxtachalarga o’yib yozdirilgan matnlarda Buganda haqida ba’zi ma’lumotlar uchraydi. Buganda va uning ta’limotlari bir necha asr davomida og’izdan-og’izga o’tib kelgan va asosan miloddan avvalgi 1-asrda yozib olingan «Tripitaka» nomli muqaddas kitoblar majmuasida o’z aksini topgan.