BULG’OR TILI

BULG’OR TILI — qadimgi bulg’or xalqining tili. Aholisi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat bo’lgan Bulg’or davlati hozirgi Volga va Kama daryolarining bo’ylarida 10-asrda vujudga kelgan. Bu davlat inqirozga uchragandan keyin qabila va xalqlarning bulg’or Ittifoqi tarqalib ketgan. Bu til to’g’risida vizantiyalik, evropalik, arman va Arab sayyohlarining xotiralarida, shuningdek qabr toshlarida saqlangan ma’lumotlar, kishi va joy nomlari asosida fikr yuritish mumkin. Bular Bulg’or tilining ba’zi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, qadimgi turkiy tillardan «z» o’rnida «r», «sh» o’rnida «l» mavjudligi bilan farq qilgan: Kyor — kuz; xyol — qish. Bulg’or tili qadimgi tillardan hazar, hozirgi tillardan chuvash tiliga yaqin turadi. Bu 3 til birgalikda turkiy tillarning bulg’or guruhini tashkil qiladi.