Bunker (hampa)
Bunker (hampa) – sochma materiallar (ko’mir, qum, tsement va hokazolar)ni qisqa muddat saqlashga mo’ljallangan po’lat, temir-beton, yog’ochdan tayyorlanadigan sig’im. Texnika sohasida bunkerlardan ventilyatsiya va havoni kondensatsiyalashda tutib olingan changli to’plash sig’imi sifatida ham foydalaniladi. Masalan: yer osti bunkeri, ventilyatsiya bunkeri, yig’ma hampa va hokazolar.