BUYRUQ GAP

BUYRUQ GAP — gap turi. Kommunikativ vazifasiga ko’ra buyurish, iltimos, maslahat ma’nolari ifodasini anglatadi (masalan, «hammasini aytib ber», «menga uzatib yuboring», «siz o’g’lim, otangizning aytganini qiling»). Buyruq gaplar harakatni bajarish bajarmaslik haqida buyurish, undash, istak kabi ma’nolar ifodalovchi mayl (buyruqistak mayli) ga ham ega («ayt», «aytsin», «aytgin», «ayting»). Buyruq gap kesimi vazifasida ko’p holatda buyruq fe’li keladi yoki maxsus buyruq intonasiyasiga ega bo’ladi (masalan, «Sen suv sep, sen supur», «ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling!»). Buyruq gaplar murojaat yetilishiga ko’ra ob’yektga yoki sub’yekt (so’zlovchi)ning o’ziga qaratilgan bo’lishi mumkin (masalan, «har bir o’tgan, ketganni kuzatib tur», 2-shaxs, birlik. «Zokir o’ziga o’zi shunday dedi: buni hech kimdan yordam olmay o’zing uddala!»). Ba’zan, Buyruq gaplar umuman muloqotda ishtirok etmagan shaxsga ham qaratilgan bo’ladi («bolalar futbol, qizlar tennis o’ynasin!»).