BYOMBAVERK

BYOMBAVERK (BohmBawerk) Eygen (1851.12.2, Brno 1914.27.8, Vena) Avstriya iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi vakili, Insbruk va Vena universitetlari professor. Uzoq vaqt Avstriya moliya vaziri lavozimida ishlagan. Avstriya Fanlar Akademiyasi prezidenti bo’lgan. Byombaverk o’zining «Xo’jalik ne’matlarining nazariyasi asoslari» (1886), «Kapital va fonda» (1884— 89), «Karl Marks nazariyasi va uning karashlari» (1896) kabi asarlarida ish haqi va qo’shimcha qiymat nazariyasi to’g’risidagi marksistik qarashlarning noto’g’riligini ko’rsatib berdi. Me’yoriy naflik nazariyasi va foydani tahlil qilishga harakat qildi. Byombaverkning qarashlariga ko’ra foyda iqtisodiy emas, balki psixologik asoslarga tayangan abadiy hodisa (kategoriya) bo’lib, mavjud va kelgusi ne’matlarning sub’yektiv bahosidagi farqdan iborat.