Blastogenez
Blastogenez, pusht kurtaklanishi – ko’p hujayrali hayvon organizmining jinssiz (vegetativ) ko’payishidagi individual taraqqiyoti. Odatda, embriogenezdan farqlanib, rivojlanish davri tuxumdan emas, balki kurtakdan boshlanadi.

Blastoderma, pusht qavatlanishi – blastula devorini tashkil qiladigan bir yoki bir nесhа qavatdan iborat hujayralar to’plami.
Blasto … – pusht, kurtak, o’simta; pushtga aloqadorlikni bildiruvchi murakkab so’z tarkibiy qismi.
Blastotsel, pusht bо‘shlig’i, birlamchi bо’shliq – ko’pchilik blastulalar bo’shligi.
Birlamchi qanotsizlar – eng qadimiy hasharotlar. Yetuk individlari azaldan qanotsiz.
Birlamchi nasl almashinish – ilgari hayot bo’lmagan joyda yangidan paydo bo’lgan hayot belgilarining ketma-ket rivojlanib, almashinishi (masalan, qoyatoshlarda).
Birlamchi mahsuldorlik – yashil o’simliklar va boshqa avtotrof organizmlаг tomonidan ozuqa moddalari hamda energiyaning to’planish tezligi.
Birlamchi hujayra qobig’i – o’sayotgan hujayralar qobig’i. Pektin va gemitselluloza molekulalaridan tashkil topgan murakkab polisaxaridli matriks bilan qoplangan sellyulozaning mustahkam tolalaridan iborat.