Biogenez
Biogenez – 1) organik moddalarning tirik organizmlarda hosil bo’lishi; 2) keng mа’noda tirik mavjudotlar faqat tirik mavjudotlardan hosil bo’ladi degan umumiy tushuncha.
Biogenez – 1) organik moddalarning tirik organizmlarda hosil bo’lishi; 2) keng mа’noda tirik mavjudotlar faqat tirik mavjudotlardan hosil bo’ladi degan umumiy tushuncha.
Biogenetik qonun – tirik tabiat qonunlaridan biri; biror organizm individual taraqqiyoti (ontogenez) da shu tur qadimiy ajdodlari tarixiy rivojlanish (filogenez)idagi muhim bosqichlarning qichqacha takrorlanishi.
Bijg’ish, achish – murakkab organik birikmalaгning kislorod ishtirokisiz fermentlar yordamida parchalanish jarayoni. Spirtli achish, sutli achish уа sirkali achish jarayonlariga bo’linadi.
Bezlar – odam уа hayvon organizmidagi fiziologik jarayonlarda ishtirok etuvchi moddalar (gormonlar, so’lak, shilliq modda уа boshqalar) ishlab chiqarib, ajratadigan a’zolar.
Beso’naqaylik, g’ ayritabiiylik, mayib-majruhlik, anormallik – огganizm rivojlanish jarayonida yuz beradigan morfologik, anatomik, fiziologik уа biokimyoviy buzilishlar.
Beshiktervatlar – hasharotlar turkumi.
Berikssimonlar – suyakli baliqlar turkumi.
Bepushtlik, naslsizlik – 1) yetuk organizmning nasl, avlod bега olmaslik xususiyati. 2) Urug’sizlanish – o’zidan changlanganda urug’lanmaslik, mеvа bermaslik.
Bental – mikroorganizm, o’simlik уа hayvonlar yashovchi suv havzasi tubining yuza qismi yoki qatlami.