DIMETILANILIN

DIMETILANILIN, C6H5N(CH3)2 -uchlamchi aromatik amin. Molekulyar modda 121. Rangsiz suyuqlik, havoda oksidlanib, qo’ng’ir rangga kiradi. Qaynash temperaturasi 192,5—193,5°, suyuqlanish temperaturasi 2,5°. Suvda deyarli erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilanilin sanoat miqyosida … Read More

DIMETILAMIN

DIMETILAMIN, (CH3)2NH – alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qo’lansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuqlanish temperaturasi — 92,2°, qaynash temperaturasi 6,9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall … Read More

DIMEDROL

DIMEDROL, alledrial, Allergan, diabenil — asosiy antigistamin dori. Reseptorlar sezuvchanligini susaytiradi; tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Allergik kasalliklar, shuningdek, Markaziy nerv sistemasining ayrim kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

DILS OTTO PAUL GERMAN

DILS OTTO PAUL GERMAN (1876.23.1, Gamburg — 1954.7.3) — nemis organik-kimyogari. Berlin (1906 yildan) va Kilsk universiteti professor (1916 yildan). Dils selen yordamida organik birikmalarning uglerod panjaralarini o’zgartirmasdan degidrirlash usulini … Read More

DILSHOD OG’O BEGIM

DILSHOD OG’O BEGIM (? – 1383) — Amir Temurining xotinlaridan biri. Amir Temur 1374 yil Jeta (Mo’g’uliston) hukmdori Qamariddinga qarshi qo’shin tortib, raqibini ta’qib etib Uchfarmon va Otboshi orqali sharqdan … Read More

DILSHOD OTIN

DILSHOD OTIN, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so’fi qizi), (1800, O’ratepa — 1905/06, Qo’qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o’rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o’rgatgan. Anbar … Read More

«DILXIROJ»

«DILXIROJ», Dilxarosh (forscha — dilni tirnovchi) — o’zbek va tojik xalqlarining mumtoz raqs kuyi. Bosh ohangi rivojlanishi jarayonida peshrav uslubi yetakchi o’rin tutadi. «Dilxiroj»ning ommabop yallalarga yaqin ashula yo’li ham … Read More

DILRABO

DILRABO, dilrubob — torli kamonli musiqa cholg’usi. Hozirda 4 asosiy, 17 qo’shimcha sado berib turadigan torlari, 17-20 metall pardalari bo’lib, xromatik tovushqatorga ega. Asosan, Afg’onistonda keng tarqalgan, Hindistonda ham uchraydi. … Read More

DILOR

DILOR, beta digidrogetaxlor (S]0N7S17) — ekinlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qo’llaniladigan kimyoviy preparat (ichdan ta’sir qiladigan insektisid). Nim sarg’ish tusli, 80% li ho’llanuvchi kristall kukun holida ishlab chiqariladi. Xlororganik preparatlarga … Read More

DILNOZ

DILNOZ — ertapishar tarvuz navi. O’zbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Dnepropetrovskiy, Mramorniy va Ogonyok navlarini duragaylash yo’li bilan chiqarilgan (R. Hakimov, S. Qo’chqorov, 1990). Dilnoz o’rtacha palaklanadi, … Read More