Empirik pedagogika
Empirik pedagogika-o’quv-tarbiya amaliyotining hech qanday nazariy asos va umumlashtirishga ega bo’lmay stixiyali qaror topishi haqidagi g’oyaga tayanib, tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni.
Empirik pedagogika-o’quv-tarbiya amaliyotining hech qanday nazariy asos va umumlashtirishga ega bo’lmay stixiyali qaror topishi haqidagi g’oyaga tayanib, tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni.
Empirik metod-tajriba-sinov metodikasiga ma’lum bo’lgan adabiyotlar, g’oyalar, tajribalarni o’rganib chiqish asosida tug’iladigan farazlar, modellar, bajarilishi kerak bo’lgan ishlar loyihasini sinab ko’rish va amaliyotga tadbiq qilish metodi.
Empatiyaga moyil shaxs-qo’shilmasada, o’zgalar fikrini tinglashga qodir shaxs.
Eleya maktabi-yunon falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Eleya shahrida (Italiyaning janubi) shakllangan.
Empatiya-insonning o’zga odamlarga nisbatan hamdardlik tuyg’usiga egalik layoqatini ifodalovchi holati.
Elektsiya-elektron ma’ruza, ya’ni kompyuter tarmoqlari orqali o’quvchi hamda talabalarga taqdim etiladigan ma’ruza va o’quv materiallari.
Elektron o’quv-metodik majmualar (EO’MM)-zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o’qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va o’quv materiallarini kompyuter texnologiyalari, audio-video vositalar asosida taqdim etiladigan o’quv-metodik majmuasi.
Elektron o’quv adabiyot (EO’A)-zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni to’plash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda tadqim va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan o’quv manbalari.
Elektron shakldagi o’quv-uslubiy materiallar-elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalar, elektron ma’ruzalar materiallari, elektron kutubxonalar, mos (GD, Flash va hokazolar) sig’imdagi audiovisual materiallar, interfaol o’quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun laboratoriya … Read More
Elektron darslik-kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llash, mustaqil ta’lim olish, muayyan fanga oid o’quv materiallari, ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama samarali o’zlashtirishga qaratilgan o’quv adabiyoti.