Kraxmal
Kraxmal – monomeri alfa-glyukoza bo’lgan amiloza va amilopektin polisaxaridlari aralashmasi.
Kraxmal – monomeri alfa-glyukoza bo’lgan amiloza va amilopektin polisaxaridlari aralashmasi.
Kranchi – kran mashinisti. Kranchining asosiy vazifasi yuklarni ko’tarish va ko’chirish uchun kranni boshqarish va o’rnatish, yig’ish, yuklash operatsiyalarini ta’minlashdir.
Kranning shamol to’suvchanligi – kranning shamol bosimiga bardosh berish xususiyati.
Kran osti to’sini – relsli yo’llarni o’rnatishga mo’ljallangan temir beton yoki metall konstruktsiya bo’lib, relsli yo’llar bo’yicha yuk kranlari harakatlanadi.
Kran osti tayanch tarmog’i – ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan, yengillashtirilgan (bo’shliqlar, ya’ni yirik teshiklarga ega bo’lgan) kolonnalarning yuk ko’taruvchi elementi bo’lib, bu element kran osti to’sini bilan bitta vertikal o’qda joylashadi.
Kran osti – kran ostida joylashgan; kran uchun, uni qo’llab-quvvatlash, harakat qilishi uchun mo’ljallangan.
Kran (yuk ko’targich, jo’mrak) – 1) rezervuar yoki quvur liniyasidan suyuqlik yoki gazni chiqarish uchun quvur shaklidagi jo’mrak; 2) yuklarni fazoda tashish uchun mo’ljallangan yuk ko’taruvchi mashinalar kichik sinfining umumiy … Read More
Koeffitsient – 1) fizik jismning muayyan xususiyatini belgilovchi miqdor; 2) sonli koeffitsientni to’g’ridan-to’g’ri ifodasi bilan, noma’lumning u yoki bu darajasiga ega bo’lgan omilini yoki o’zgaruvchan qiymatli doimiy ko’rsatkichini bildiruvchi atama.
Kohgil – somonli yo’l, devor suvog’i uchun ishlatiladi.
Koshona – hashamatli ko’rkam bino, saroy, qasr, ko’shk.