Konstruktiv-kesishma devorli tizim
Konstruktiv-kesishma devorli tizim – ko’ndalang va bo’ylama yoki ko’taruvchi devorlari bo’lgan fazoviy tizim, uning ustiga ora yopmalar kontur bo’ylab yoki uch tomondan tayanadi.
Konstruktiv-kesishma devorli tizim – ko’ndalang va bo’ylama yoki ko’taruvchi devorlari bo’lgan fazoviy tizim, uning ustiga ora yopmalar kontur bo’ylab yoki uch tomondan tayanadi.
Konstruktiv-bo’ylama devorli tizim – orayopma va yuk ko’tarmaydigan devorlaridan vertikal yuklar asosan ko’ndalang yuk ko’taruvchi devorlarga o’tkaziladigan ora yopma plitalari balkali sxema bo’yicha ishlaydigan konstruktiv tizim.
Konstruktiv karkasli tizim – asosiy vertikal yuk ko’taruvchi konstruksiyalari karka ustunlari bo’lgan tizim, unga yuk to’g’ridan-to’g’ri ora yopmalardan (rigelsiz karkas) yoki rigel orqali (rigelli karkas) uzatiladi. Konstruktiv tizimlarning mustahkamligi, barqarorligi … Read More
Konstruktiv – qurilishga tegishli, qurilish uchun zarur.
Konsol – konstruksiya (balka yoki ferma) bir uchun qattiq mahkamlangan ikkinchi tomoni bo’sh, yoki tayanchdan tashqariga chiqib turadigan konstruksiyaning bir qismi.
Konservatsiya – ta’mirning asosiy turi. Qadimiyat osori atiqasini saqlab qolish uchun ko’riladigan choralar. Bino yanada buzilib ketishining oldini olish uchun maxsus qurilish choralari ko’riladi.
Konstruktiv beton – bino va inshootlar yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstruksiyalarining betony bo’lib, u bunday konstruksiyalar sifatiga qo’yiladigan talablarni fizik-mexanik xarakteristikalar bo’yicha aniqlab beradi. Tarkibidagi yirik to’ldiruvchi donalarining o’lchami 10 … Read More
Konkore – naqliyot inshootlaridagi taqsimlagich xona.
Konishranda – duradgorlik va najjorlik asbobli, randaning bir turi. Bundan tashqari, “otbornik” deb ham ataladi. Taxta, brus va reykalardagi to’rtburchak kesimlarni, burmani va choraklarni chiqarish va tozalash uchun mo’ljallangan.