Murshid

Murshid (Arabcha — yo’l ko’rsatuvchi) — tasavvufning tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, Shayx va ustoz.

Musavvir

Musavvir (Arabcha — rassom) — turli tasvirlar ishlovchi, rasm chizuvchi ijodkor. San’atshunoslikda O’rta Osiyo tasviriy san’atida o’rta asrlarda ijod qilgan san’atkor (rassom) larga nisbatan qo’llanilgan.

Musaylima

Musaylima (asl ismi Maslama, 634 yil vafot etgan) — Arabiston yarim orolida Muhammad payg’ambar vafotidan keyin payg’ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Banu xanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu … Read More

Musahhih

Musahhih (Arabcha), korrektor — bosmaxona nusxalarida terishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatuvchi tahririyat, nashriyot, bosmaxona xodimi. Musahhihning vazifasiga muallif qo’lyozmasini tekshirish (orfografik, punktuatsion xatolarni tuzatish, abzaslar qo’yish va hokazolar) ham kiradi.

Mustaqillik

Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lmay faoliyat ko’rsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo o’zaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish o’zaro … Read More

MUFULIRA

MUFULIRA — Zambiyaning markaziy qismidagi shahar. Aholisi 153 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Mis qazib chiqariladigan rayonning muhim sanoat markazi. Qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Poligrafiya, yengil … Read More

Mushukko’z

Mushukko’z – mineral, 1) xrizoberillning qimmatbaho xili (tsimofan); 2) kvarsnit yashilroq, kulrang, och sariq rangli, asbest va boshqa tolali hamda ignasimon minerallar qo’shilgan xili. Ipaksimon tovlanadi. Qattiqligi 7; zichligi 2,6 … Read More

MUQARRIBUN

MUQARRIBUN (Arabcha — yaqinlashtirilganlar) — Qur’onda to’rt bosh farishta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin farishtalar deb ta’riflanadi.

Mezonin

Mezonin (italyancha mezzanino) — turar joy binosining (uncha katta bo’lmagan) o’rta qismi tepasiga qurilgan xona, ko’pincha boloxonali bo’ladi. Yevropada 19-asrda tosh va yog’ochli Mezoninli uylar keng tarqalgan. O’rta Osiyoda yakka … Read More