Mangu tung yer
Mangu tung yer – abadiy, ko`p yillik muzloq yer.
Mangu tung yer – abadiy, ko`p yillik muzloq yer.
Manba– daryo suv oladigan joy, daryo boshlanadigan joy: muzlik buloq, chashma.
Makroreylef– yirik reylef shakllari: tog` tizmalari, yassi tog`liklar, pasttekisliklar. Yer yuzasi katta qismlarining umumiy qiyofasi makrorelyefga bog`liq bo`ladi.
Makrolandshaft – yirik tabiiy geografik birliklar – o`lkalar, zonalar, provinsiyalar va okruglar landshafti. Masalan, Ustyurt platosi landshafti, Qoraqum landshafti, o`rmon landshafti va h.k.
Makon– joy. Biror tur hayvon yashaydigan, o`simlik o`sadigan joy. Bioxor, biotsenoz atamalariga yaqin keladi. Masalan, tungiz makoni – to`qay, sherlar makoni – changalzor.
Mador– tropik atamasining eskirgan nomi; Masalan, madori saraton – saraton tropiki, madori jad – jadi, tropigi, mador o`rmoni – tropik o`rmon.
Magellan bulutlar – Quyosh o`z ichiga oluvchi yulduzlar sistemasiga yaqin joylashgan ikki yulduz majmuasi.
Magnitograf– yer magnit maydoni o`zgarishlarini uzluksiz qayd etib boruvchi asbob.
Magnit ekvator – yer sirtiga o`tkaziladigan shartli chiziq. Yer magnit yarim sharini teng ikkiga bo`ladi.
Magnit meridian – yer magnit maydonining kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan to`g`ri chiziq.