PUL
PUL – hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent bo’Igan maxsus tovar, bozor iqtisodiyotining asosiy vositasi. Pul bozor yuzaga kelishi va rivojlanishining mahsulidir. Pul kelib chiqish tarixi va tabiatiga ko’ra … Read More

PUDRATCHILAR- yuridik va jismoniy shaxslar bo’lib, ular buyurtmachilar tuzgan shartnomalar asosida ishlami bajaradilar. Pudratchilar qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo’lishlari kerak.
PORTFELNI BOSHQARISH – faqatgina moliyaviy qurollarning maqbul yig’indisini yaratish emas, balki uning orqasidan u yoki bu qurollarning haqiqiy dinamikasiga muvofiq portfel tarkibini o’zgartirish hamdir.
PORTFEL INVESTITSIYALAR – shunday investitsiyalarki, bunda capital daromad olish maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun sarflanadi.
PORTFEL – qimmatli qog’ozga qilingan investitsiya va boshqa korxonaning aksiyasiga kiritish
POLIS – (fran. “police”, ital. “pollissa” – tilxat) shaxsiy yoki mulkiy sug’urta shartnomasi tuzilgani va uning shartlari haqidagi hujjat.
PODANI TAKROR ISHLAB CHIQARISH – chorva mollari sonini doimo yangilab borish, bosh sonini ko’paytirib borish, mollar zotini yaxshilash jarayoni.
PLYURALIZM – bilim asoslari va uning shakllanishi to’g’risida bir necha filosofik qarashlar yoki bir muammoga turlicha yondashish, fikrlar turlitumanligi. Masalan: mulk plyuralizmi – mulklar turli-tumanligini bildiradi.
PIROVARD ISTE’MOLGA UMUMDAVLAT BOSHQARUVI XARAJATLARI – umumdavlat boshqaruvi sektorining iste’mol mollari va ko’rsatilgan xizmat uchun qilingan xarajatlar.
PLATON (AFLOTUN) – (m.a. 428/427-348/347) “Davlat” va “Qonunlar” asarlarining muallifi. Jamiyatni ish quroli – natural ishlab chiqarish deb qaragan, natural xo’jalikni qo’llagan, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bilgan.