Pedagogik hamjamiyat
Pedagogik hamjamiyat-ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy nuqtai nazardan o’zaro aloqada bo’lgan, umumiy tashkiliy, amaliy o’quv-tarbiyaviy hamkorlikka ega bo’lgan pedagogik ijod sub’yektlari.
Pedagogik hamjamiyat-ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy nuqtai nazardan o’zaro aloqada bo’lgan, umumiy tashkiliy, amaliy o’quv-tarbiyaviy hamkorlikka ega bo’lgan pedagogik ijod sub’yektlari.
Pedagogik qo’llab-quvvatlash – pedagogik faoliyatning bir turi bo’lib, o’quvchilarga o’z-o’zini rivojlantirish, hayotiy va ta’limiy muammolarni yechish, ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni yengishda ko’maklashishdan iborat faoliyatdir.
Pedagogik qarovsizlik-tarbiyada yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolar, atrof-muhitning salbiy ta’siri natijasida bolalar va o’smirlar axloqiy tafakkuri va xulq-atvorida me’yordan chekinishning yuzaga kelishi.
Pedagogik qobiliyat-pedagogning pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishini, shuningdek, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqara olishini ifodalovchi qobiliyat.
Pedagogik qarama-qarshiliklar – shaxs shakllanishiga xizmat qilgan vaqtini o’tab bo’lgan, eski pedagogik kontsepsiya, tizim, nazariyalar hamda yangi pedagogik jarayon, hayotning yangi talablari o’rtasidagi nomutanosiblik.
Pedagogik qadriya-ta’lim-tarbiya va pedagogika uchun qadrli bo’lgan tushuncha va hodisalar.
Pedagogik o’qishlar-o’qituvchilar va xalq ta’limi xodimlarining muayyan mavzu asosida ilg’or pedagogik tajribalarni almashish va ommalashtirishga qaratilgan davriy anjumani.
Pedagogik o’yin-bu faoliyat turi o’quv vaziyatida, o’qitishni aniq maqsad qilib qo’ygan jamoatchilik tajribasini qayta tiklash va o’zlashtirishga qaratilgan bo’lib, o’z-o’zini boshqarishni takomillashtiradi va pedagogik natijalarni ro’yobga chiqaradi.
Pedagogik o’zaro ta’sir-o’qituvchi va o’quvchi orasidagi harakat va rivojlanishning ob’yektiv va umumiy shakli sifatida har qanday moddiy tizimning tashkiliy tuzilmasi va mavjudligini belgilaydi.
Pedagogik ehtiyoj-o’quvchi yoki talaba faolligini vujudga keltiruvchi ichki kuch; organizmning rivojlanishi hayotiy faoliyati, ijtimoiy guruh, jamiyat o’sishini qo’llab-quvvatlash uchun ob’yektiv zaruriyat, intilish.