Pnevmobeton
Pnevmobeton – torkret beton turi bo’lib, undagi to’ldiruvchilarning yirikligi 7-10 mm.gacha bo’ladi, ular, asosan, choklarni to’ldirishda qo’llaniladi.
Pnevmobeton – torkret beton turi bo’lib, undagi to’ldiruvchilarning yirikligi 7-10 mm.gacha bo’ladi, ular, asosan, choklarni to’ldirishda qo’llaniladi.
Pnevmatik konstruksiyalar – armaturalangan plyonka yoki rezinali havo o’tkazmaydigan sintetik to’qimalardan tayyorlangan yoxud polimer qoplamali yumshoq qobiqlar, ularning yopiq ichki hajmi atmosfera havosi bilan to’ldiriladi.
Plitali poydevor – bino yoki inshootning butun maydoni ostiga o’rnatiladigan yassi yoki qovurg’ali plita ko’rinishidagi poydevor.
Plitkalar (kafel) – keramik plitkalar, devor, pechlar, kaminlar oblitsovkalari uchun. Ular silliq va bo’rtma, sirlangan (mayoliklangan) va sirlanmagan (terrakotlangan) bo’ladi.
Plipropilenlangan oblitsovka listlari – polipropilenning ekstruziya metodi yordamida polipropilenlangan list olinadi. U amalda gigroskopiklikni namoyon qilmaydi, ko’pgina agressiv muhitlarda mukammal kimyoviy qarshilikka ega, organik va noorganik kontsentrlangan va suyultirilgan kislotalarda … Read More
Pleksiglas (shaffof plastmassa) – akril qatroni, metil metakrilatning sintetik termoplastik vinil polimeri, tijorat nomlari bilan ma’lum bo’lgan termoplastik shaffof plastmassa. Polimetil metakrilat asosidagi shaffof qattiq materiallarning texnik nomi.
Plafon (qopqoq) – arxitektura nazariyasida-me’moriy inshootga pastdan ko’rinish, proektsiya. Plafonning to’siqsiz va ramkasiz markaziy qismi oyna deb ataladi. Shundan kelib chiqib, so’zning ikkinchi, ko’proq ma’lum bo’lgan ma’nosi; kompozitsiya, rasm, mozayka, … Read More
Plashka – har xil turdagi tashqi rezbalarni tayyorlash yoki ularni kalibrlash uchun mo’ljallangan maxsus metall kesish asbobi.
Plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar – beton qorishmalar qo’zg’aluvchanligini oshiruvchi modda.