To’rt hoshiyali
To’rt hoshiyali – to’rtta uzunlamasiga ishlov berilgan sirtga ega ustun.
To’rt hoshiyali – to’rtta uzunlamasiga ishlov berilgan sirtga ega ustun.
To’sinning maqbul balandligi – metall to’sinning balandligi bo’lib, bu balandlikda to’sin o’zining berilgan qarshilik momenti bilan metallni eng kam sarflangan (devor va fermlar jami vazni minimal bo’lgan) holda olinadi.
To’sin tashigich – butun to’sinlar, ko’prik fermlari va quvurlarni tashish uchun mo’ljallangan maxsus transport vositasi.
To’sin osti – ustun, ko’taruvchi yoki ustunga tayanadigan va unga parallel ravishda mahkamlangan nurni qo’llab-quvvatlaydigan qisqa gorizontal ustun.
To’shamoq (tosh yotqizmoq) – biror narsani yotqizish (taxtalar, toshlar, ko’prik qilish uchun platforma, o’tish uchun yo’lak va boshqalar).
To’xtash joyi – transport vositalarini, asosan, avtomobillarni saqlash (to’xtash) uchun mo’ljallangan bino, inshoot (bino, inshootning bir qismi) yoki maxsus ochiq maydon.
To’xtash (bekat) – jamoat transporti bekati-jamoat transportiga yo’lovchilar chiqishi va tushirish uchun joy. Masalan: dvigatellarning to’xtashi, yopiq bekat, mashinaning to’xtashi va hokazolar.
To’suvchi konstruksiyalarning bug’ o’tkazuvchanligi – to’suvchi konstruksiyaning ichki va tashqi sirtlaridagi farq qiluvchi partsial bosimlar ta’siri ostida namni o’tkazish xossasi.
To’suvchi konstruksiyalar – bino ichidagi fazoni alohida hajmlarga ajratuvchi vertikal (yoki qiya holatda joylashgan) konstruksiyalar yoki bino ichki hajmini tashqi muhitdan to’suvchi konstruksiyalardir.
To’xtatmoq (to’xtatib qo’ymoq) – vaqtincha to’xtaish, har qanday harakatni kechiktirish.