CHIZIQLI GEOMETRIYA
CHIZIQLI GEOMETRIYA – fazoning asosiy elementi sifatida to’g’ri chiziq qaraluvchi geometriya bo’limi. Fazoda z o’qiga parallel bo’lmagan to’g’ri chiziqlar x=az+p, y=bz+q tenglamalardagi to’rtta a, b, r, q sonlarni to’g’ri chiziqning koordinatalari deb qarash mumkin. Agar bu koordinatalar bir, ikki va uch parametrning funktsiyalari bo’lsa, u holda bu to’g’ri chiziklar to’plami mos holda to’g’ri chiziqli sirtlar, kongruentsiyalar va to’g’ri chiziqlar kompleksini hosil qiladi va bu ob’yektlar Chiziqli geometriyada o’rganiladi.