DASHTI LUT

DASHTI LUT — Eron tog’ligining Markaziy qismidagi cho’l. Uzunligi 550 kilometr, eni 100-200 kilometr. Balandligi, asosan, 500-600 metr. Cho’lda berk botiq ko’p. Eng baland joyi 2992 metr. Ko’p qismi Toshloq va gil tuproqli; sho’rxoklar ham uchraydi. Cho’lning Janub va sharqidagi balandligi 200 metrgacha bo’lgan qum tepalarida saksovul, juzg’un va boshqalar o’sadi. Cho’lning chekkalaridagina uchraydigan vohalarda xurmo yetishtiriladi, suv tanqis.