DETROYT

DETROYT — AQShdagi shahar, Michigan shtatida. Detroyt daryosi bo’yida, Guron va eri ko’llari oralig’ida joylashgan. Aholisi 951,2 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan 4,6 million kishi). Detroytga 1701 yilda frantsuzlar asos solgan. 1760 yilda inglizlar bosib olgan. 18-asr oxiridan AQSh tarkibida. 1802 yilda shahar statusini olgan. Mamlakatning muhim transport yo’llari tuguni va yirik moliya markazi. Buyuk ko’llar sohilidagi port. Avtomobilsozlikning dunyodagi eng yirik markazlaridan («Jeneral Motore», «Kraysler», «Ford» korxonalarining boshqaruv organlari, asosiy korxonalari va ilmiy tashkilotlari shu yerda). Sanoatining boshqa tarmoklari ham avtomobilsozlik bilan bog’langan: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, stanok-jihozlar ishlab chiqarish, rezina, oyna-shisha. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, harbiy sanoat korxonalari mavjud. Universitetlar, muzeylar, san’at instituti va boshqalar bor.