DIPLOMATIK VIZA

DIPLOMATIK VIZA — hukumat a’zolari, davlatning oliy lavozimli shaxslari, xalqaro konferentsiyalarning delegatlari, favqulodda diplomatik missiya vakillari, rasmiy maqsadlarda safarga jo’natilgan tashqi ishlar idorasining diplomatik xodimlari, diplomatik kurerlarning pasportlariga tashqi ishlar idorasi, diplomatik vakillik yoki konsullik tomonidan qo’yiladigan maxsus belgi. Diplomatik vizalarning chet mamlakatga kirish va undan o’tishga ruxsat beradigan va tranzit turlari mavjud.