Bilasizmi?

Dolmenlar va mengirlarni kim qurgan?

Mengirlar — tosh ustunlar — Bretandagi (Fransiya) qadimiy tik toshlarga XVI asrda shunday nom berilgan edi. Dolmenlar — bu, yirik tosh bloklardan yasalgan maqbaralar. Ularni Bretanda (ular bu makonda toshhoshiya deb ataladi) va boshha joylarda (Ukrainada) topishgan. Olimlarning fikricha, mengirlar va dolmenlarning yoshi 4 000 yil atrofida, demak, ular tosh asriga mansubdir. Mengirlar Quyoshga sig’inish marosimini ado etishga mo’ljallab qurilgan deb taxmin qilishadi. Ularni tarkib toptirgan toshlar shunday bir tartibda joylashtirilganki, toshlar o’rtasidagi oraliq yilning muayyan faslida Quyoshning holatini ko’rsatib turadi. Dolmenlar Quyoshdan tashhari Zuhraga sig’inish ibodati bilan ham aloqadordir, chunki uning ko’rinishi Quyoshning holatiga bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, mengirlar — bu, tosh asrida bunyod etilgan oddiy astronomik Olot. Toshlar juda og’ir, ulardan har biri 300 tonnadan ortiq vaznga ega. Bunday og’ir toshni o’rnatish uchun ko’plab odamlarning bilak kuchi talab etiladi. Odamlar qurilish kezlarida ulkan xarsang toshlarni daraxtlarning yo’nilgan tanasidan yasalgan bir talay yog’och g’o’lalar yordamida siljitishgan. Toshlar o’rniga o’rnatilganidan keyin shodiyona-bayram boshlangan. Shunday qilib, odamzot o’z ahli madadida tabiatdan g’olib chiqqan. Shunday bo’lsa-da, qadimshunoslar hozir ham mengirlarning ba’zi qirralarini Quyoshga qaratilgan tarzda joylashtirish nega zarur bo’lganligi xususida bosh qotirmohda va fikr yuritmoqdalar. Tosh ro’dapolarning koinotdan tushganligi to’grisidagi fikr bilan hisoblashish mutlaqo yanglish bo’lur edi.