EKONOMETRIKA KONSEPSIYALARI

EKONOMETRIKA KONSEPSIYALARI – iqtisodiyotda matematika metodlaridan keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy vakillari L. Valras, V. Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U. Mitchell, E. Barone, M. Panteleoni. 1910-yilda polshalik iqtisodchi P. Chompa “Ekonometriya” (“Ekonomterika”) matnini qo’llagan. Ilmiy muomalaga (1926) norvegiyalik R. Frish kiritgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda keng rivoj topmoqda. Turli iqtisodiy ta’limot yo’nalishlarida qo’llaniladi, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. V. Leontev ham bu konsepsiyalardan (1906) o’zining “chiqim-chiqarish” uslubida foydalangan (U 1973-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo’ldi). 60-70-yillarda bu yo’nalish sobiq SSSR, xususan, O’zbckistonda rivoj topdi. Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy modeUashtirish va algoritmlash bo’yicha muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan.