EKSKURSIYA
EKSKURSIYA (lotincha — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-ma’rifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning go’zal go’shalari, muzeylar, korxonalar va hokazolar) ga jamoa bo’lib borish. Ko’pincha turizm bilan birga amalga oshiriladi.