FEDERATIV DAVLAT
FEDERATIV DAVLAT (fr. birlashma, ittifoq) — ma’lum siyosiy mustaqillikka ega davlatlarning birlashishi natijasida vujudga keladi. Federativ davlat milliy yoki hududiy tamoyillar asosida tuzilishi mumkin. Federatsiyaning subyektlari: respublika, viloyat, o’lka (Rossiya), shtat (AQSH va Hindistonda), yerlar (Germaniyada) deb ataladi. Federativ davlatlarda bir necha Konstitutsiya, bir necha fuqarolik bo’ladi. Unitar davlatdan farqli o’laroq federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga ega: 1) federal organlar; 2) federatsiya a‘zolarining tegishli organlari. Federatsiya a‘zolarining tegishli organlari, federal organlar o’z vakolatlari va funksiyalarini butun mamlakat hududida amalga oshiradilar. Federatsiyani tashkil etuvchi tuzilmalar tom ma’nodagi davlatlar emas. Federatsiya hududiy va milliy turlarga bo‗linadi. Jahonda 20 dan ko’proq federatsiyalar bor. Xususan, AQSH, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Hindiston (Bir vaqtlar sobiq SSSR, Chexoslavakiya, Yugoslaviya) kabi.