Flora

Flora (lotincha flora – gul va bahor ma’budasi) – Yer sharining biron qismida o`sayotgan (hozirgi flora) yoki biron geologik davrda o`sgan (qazilma flora) o`simlik turlarining tarixan tarkib topgan majmui. Masalan, O`zbekiston florasi, Osiyo florasi, bo`r davri florasi va h.k.