FOSFOLIPIDLAR

FOSFOLIPIDLAR, fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari bo’ladi. Fosfolipidlar tarkibiga gliserin, yog’kislotalari, aldegidlar va azotli birikmalar (xolin, etanolamin, serii) kiradi. Gliserofosfatidlar [fosfatidilxolin (lesitin), fosfatidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin] va fosfosfingolipidlar — fingomielinlar Fosfolipidlarning muhim vakillari. Fosfolipidlar tabiatda keng tarqalgan. Asosiy struktura komponentlari sifatida hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar xujayra membranalari tarkibiga kiradi. Oqsillar bilan lipoprotein komplekslar hosil qiladi. Fosfolipidlardan tashqari fosfonolipidlar ham ma’lum, bularda fosfor atomi azot asosiga (xolin va etanolaminga) R—S kovalent bog’orqali birikkan. Bu birikmalar mollyuskalar va bakteriyalarda topilgan.