FOSFORBAKTERIN

FOSFORBAKTERIN — bakterial o’g’it; tarkibida fosfororganik birikmalarni o’simliklar o’zlashtira oladigan shaklga o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlar sporasi bor. Fosforbakterin yuqtirilgan urug’lik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar o’simlikning ildiz atrofida rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda bo’ladi. Ekish oldidan 1 gektar maydonga ekiladigan uruglikka 100 ml suyuq yoki 250 gramm kukunli Fosforbakterin sarflanadi. Meva daraxtlari ko’chatlarini o’tqazishda 10-15 gramm kukunli Fosforbakterin 10-20 litr suvda eritiladi va ko’chat uchun qazilgan chuqurga ozozdan quyiladi yoki ko’chat ekilganidan keyin tuproq yuziga sepiladi va tuproq yumshatib qo’yiladi. Fosforbakterin organik moddalarga boy, unumdor tuproqlarda yaxshi samara beradi.