Gavel

Gavel (fransuzcha gavelle)-Fransiyada 1246 yili joriy etilgan tuz solig’i. Dastlab vaqti-vaqti bilan undirib turilgan. Gavel bora-bora doimiy soliqqa aylangan. Tuz savdosi davlat monopoliyasigan olingach, har bir xonadonning yuqori narxda majburan tuz sotib olish minimum miqdori belgilangan.