Gaz

Gaz (forscha gazdan-tishlamoq so’zidan olingan deb taxmin qilinadi)-1) uzunlik va masofani o’lchash uchun mo’ljallangan qadimgi o’lchov birligi; arshin. O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekistonning ba’zi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 metr deb qabul qilingan. Gaz 3 xil usulda aniqlangan: 1-usulda uzatilgan qo’lning barmoqlari uchidan yelkagacha bo’lgan masofa (70-75 santimetr, birinchisi); ko’krakning o’rtasigacha bo’lgan masofa (80-90 santimetr, ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha bo’lgan masofa (105-110 santimetr, uchinchisi). 2-usulda Gazning o’lchami 1 barmoq, 6 arpa doni (1 arpa doni 6 ishchi ot yoliga teng) orqali aniqlanadi; 2) azaldan xalq orasida qo’llanib kelingan, uzunlik jihatidan 0,71 metrga teng bo’lgan arshin yoki olchin kabi uzunlik o’lchov vositasi-reyka; 3) O’zbekistonning ba’zi joylarida Gaz hajm o’lchov birligi. Masalan, Gaz bilan moy hajmi o’lchangan.