Grandlar
Grandlar (ispancha Grandes)-o’rta asrlarda Ispaniyada oliy dvoryanlik (ruhoniylar va olinasab zodagonlar); XVI-XX asrlarda (1931 yilgacha) dvoryanlik unvoni. Grandlar davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar va keng imtiyozlardan foydalanganlar. Ular qirol xizmati uchun qo’shin yig’ish huquqiga ega edi. Qirollik tomonidan ajratilgan len uchun harbiy majburiyat o’taganlar, soliqlardan ozod etilganlar. Qirolning maxsus farmoyishisiz ularni sud javobgarligiga tortish taqiqlangan. Qirol maslahatchilari sifatida Grandlar uning hokimiyatini cheklanganlar. 1470 yillarda Izabella I va Ferdinan II Grandlarning hokimiyatini cheklashga erishgan. Keyingi hukmdorlar davrida Grandlar ahamiyati pasaygan. Jozef Bonapartning qisqa boshqaruvi davrida ularning barcha imtiyozlari bekor qilingan. Keyinchalik bir necha bor tiklanib, qayta tugatilgan.