Grifon, Grif
Grifon, Grif (fransuzcha griffon, lotincha gryphus, yunoncha gryps)-qadimgi afsonalardagi qanotli, burgut yoki sher boshli, sher tanali afsonaviy maxluq. Grifon tasviri qadimgi dunyo san’ati (me’morchilik, rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy san’at)da keng tarqalgan. Keyingi davrlar san’atida bezak (muhr, tamg’a) sifatida qo’p ishlatilgan. Ilk bor miloddan avvalgi VII asrda shoir prokoneslik Aristey tomonidan tilga olingan.