Hakim

Hakim (985-1021) – Fotimiylar sulolasidan bo’lgan xalifa (996 yildan). Hakim davrida Fotimiylar xalifaligi nihoyatda kuchaygan. Hakim ichki siyosatida fuqarolar (ayniqsa xristian va yahudiylar) ommaviy ravishda ta’qib etilgan; ba’zan sunniy-musulmonlar ham quvg’in qilingan. Hakim hukmronligi oxirida saroyda shialarning roli oshgan, ularning ta’siri ostida Hakim (1017 yoxud 1018 yil) o’zida Alloh mujassam etilganini e’lon qilgan; buni e’tirof etgan qavmlar druzlar firqasini tashkil etgan. 1021 yil 13 Fevralda Hakim sayil qilib yurgan chog’ida sirli ravishda g’oyib bo’lgan.