Hasan Xudoyberdi o’g’li
Hasan Xudoyberdi o’g’li (1890 — Namangan — 1938) — o’zbek xalq ertakchisi. Yoshligida otasi vafot etib, boylar eshigida qarollik qilgan. Namanganlik usta esondan ertaklar o’rganib, xalq orasida aytib yurgan. 1917 yildan Namangan temir yo’l boshqarmasida ishchi bo’lib ishlagan. Hasan Xudoyberdi o’g’lidan «Bulbuligo’yo», «Malikai Husnobod», «kambag’al qiz», «kambag’al qashshoq», «uch yolg’onda qirq yolg’on», «Ozoda chehra» va boshqa mashhur ertaklar yozib olingan va nashr etilgan. Hasan Xudoyberdi o’g’li aytish usuli, mahorati, ertaklarining ijtimoiy va badiiy-estetik ahamiyati jihatidan mumtoz ertakchilar qatorida turadi.