Hilmand

Hilmand — Afg’onistondagi daryo, quyi qismi Eronda. Uzunligi 1150 kilometr. Havzasining maydoni 500 ming km2 (katta qismi cho’l). Hindukush tog’laridan boshlanib, Dashti Marg’o va Registon tekisliklarida oqadi. Delta hosil qilib, Siston botig’idagi homun ko’liga quyiladi. Bosh irmog’i — Argandob. O’rtacha suv sarfi 400-500 m3/ sekund. Suvi bahor va yoz oylarida ko’payadi. Suvidan sug’orishda foydalaniladi. Hilmand tarmoqlarida to’g’onlar qurilgan (eng kattasi Siston).