Hisob foizi
Hisob foizi — 1) banklar veksel, Kupon, aktsiya, obligasiya, boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarni va qarz majburiyatlarini ularning to’lov muddatlari kelishiga qadar yoki amal qilish muddatlari tamom bo’lishiga qadar sotib olish (hisobga olish)da avanslagan pul mablaglari uchun sotuvchidan undiradigan to’lov. Hisob foizi veksel (yoki boshqa qarz majburiyatlari) nominali bilan bank sotib olgan narx o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi; 2) bank tomonidan banklararo kredit berishda olinadigan ssuda, kredit foizi.