Homuza, esnash
Homuza, esnash — reflektor akt; organizm toliqqanda, yurak-tomir sistemasi faoliyati yomonlashganda, jismoniy harakat qilinmaganda, dim, ko’p tamaki chekilgan xonalarda bo’lganda va mudroq bosganda ro’y beradi. Homuza og’iz, tomoq, ovoz yo’li keng ochilgan holda chuqur va uzoq nafas olish hamda nisbatan tez nafas chiqarish va o’ziga xos tovush bilan ifodalanadi. Esnayotgan kishiga taqlid qilinganda ujuda oson sodir bo’ladi. Homuzaning muayyan kasalliklarni aniqlashda klinik ahamiyati katta emas. Uzoq davom etadigan Homuza miyada kislorod yetishmasligi va tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiluvchi ba’zi kasalliklar belgisi bo’lishi ham mumkin.