Hor, Al-hor, Ghor
Hor, Al-hor, Ghor — G’arbiy Osiyodagi tektonik botiq. Isroil, Suriya va Iordaniya hududlarida. Shimolda Bakao grabeni bilan Janubda al-Araba vodiysi oralig’ida joylashgan. Uzunligi (shimoldan janubga) 300 kilometrga yaqin, serbar joyi 25 kilometr. Tog’lar (balandligi 1000-1400 metr) bilan o’ralgan berk havza. Horda Iordan daryosi, Hulo, Tabariya ko’llari va o’lik dengiz (Yer yuzidagi eng past joy, -395 metr) joylashgan. Iklimi quruq va issiq. Chala cho’l o’simliklari o’sadi.