Huquqiy vorislik
Huquqiy vorislik – huquq va majburiyatlarning bir shaxsdan boshqa shaxsga o’tishi. Huquqiy vorislikning umumiy (universal) va xususiy (singulyar) turi bor. Umumiy Huquqiy vorislikda vorisga barcha huquq va majburiyatlar o’tadi (masalan, meros qoldirishda, yoki bir necha tashkilotlar, ya’ni yuridik shaxslar qo’shilganda). Xususiy (shaxsiy) Huquqiy vorislikda biron-bir alohida huquq bir shaxsdan boshqasiga o’tadi (masalan, dastlabki kreditor huquqining boshqa shaxsga huquq o’tish paytidagi hajmda va shartlarda berilishi). Shu bilan birga boshqa shaxslarga o’tishi mumkin bo’lmaydigan huquqlar ham mavjud. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining FK aliment talab qilish, hayot yoki sog’liqqa yetkazilgan zararni qoplash huquqining boshqa shaxsga o’tishiga yo’l qo’ymaydi.