JAHON ISHCHI KUCHI BOZORI (JIKB)

JAHON ISHCHI KUCHI BOZORI (JIKB) – milliy xo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasida jami migratsion aylanmasi.