JAHON PULI

JAHON PULI – xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid va umumiy to’ lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalmilal qiymat ifodasi bo’lgan pul. Ilgarilari jahon puli vositasini oltin yombilari bajargan, hozir esa bu vazifani dollar, yevro, funt sterling, nemis markasi, yapon iyeni, Fransiya va Shvetsariya franki bajaradi.