JAHONSHUMUL MUAMMOLAR

JAHONSHUMUL MUAMMOLAR – dunyodagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning alohida qatorini tashkil etadi. Bular o’z miqyosi va ahamiyatlari jihatdan olamshumul xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bu muammolarni ijtimoiy tuzum, taraqqiyot darajasi, dini, jo’g’rofiy mavqeyidan qat’i nazar, barcha davlatlarning hamjihatligi bilan hal etish mumkin. Bu muammolarga urush va tinchlik, qurolsizlanish va rivojlanish; inson-jamiyat muammolari; jamiyat-tabiat muammolari kiradi.