JAMOA

JAMOA (ar. hamma, umumiy, hammaga taaluqli) — 1) kapitalizmgacha ishlab chiqarish vositalariga birgalikda egalik qiluvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ham birgalikda ishlab chiqaruvchi ijtimoiy guruh, masalan: urug’ jamoasi, qishloq jamoasi, oila jamoasi; 2) ba‘zi mamlakatlarda (masalan, Bolgariyada) – quyi ma‘muriy-hududiy birlik; 3) keng ma‘noda – har qanday ijtimoiy uyushma. Masalan, diniy jamoa.