Kalif-sherobod qator tepalari
Kalif-sherobod qator tepalari — Hisor (Ko’hitangtov) tizma tog’larining Jan.-Sharqiy etaklari va Surxondaryo viloyatidagi qator tepalar. K.-Sh. q.t. janubi-g’arbdan shim.-sharqqa tomon cho’zilgan. 2 qismdan iborat: Kalif qismi Amudaryodan boshlanib Turkmani- ston b-n O’zbekiston chegarasigacha davom etadi. Sherobod qismi esa chegaradan she- robod daryosigacha cho’zilgan. Kalif qismi uz. 26 km, eng baland joyi 839 m. U 2 qismdan: shim.-g’arbiy (katta-Chag’al, 839 m; Kiyan-Chag’al, 519 m; Korajadog’, 446 m) va Jan.-Sharqiy qismi (Rangibalan, 705 m va Kulapashar, 446 m)dan iborat. Ular- ning orasi pastqamlik. Eng keng joyi 12 km. Sherobod qismi nisbatan ensizroq (8-10 km), uz. 50 km, ikki qator tepa — gryada bo’lib, shim.-g’arbiy qismi Oqtov (985 m), Qorachag’il (1116 m), Jan.-Sharqiy qismi esa Oqtov (850 m), Daragitov (860 m) va Xo’jaibesh (1100 m) dan ibo- rat. K.-Sh. q.t. kuchli parchalangan. Jan.- Sharqiy yon bag’irlari nisbatan yotiqroq va qiya tekislikka aylanib asta-sekin Sherobod cho’liga tutashadi. Shim.-g’arbda esa Poshxurd botig’i va Qo’hitangtov tog’oldi past-baland qirlari va past tog’lari b-n tutashadi. K.-Sh. q.t.ning suvayirg’ichlari paleogenning nurashga chidamli qumtoshlaridan tuzilganli- gi tufayli shakli keskin ifodalangan va quyida yotgan jinslarni nurashdan saqlaydi. Antiklinallarning o’q qismi bo’r (gil, qumtosh, alevrolit va mergel), yon bag’irlari esa paleogen va neogen davrlari (qumtosh, ohaktosh) jinslari- dan tashkil topgan. Qator tepalar uchun kuesta relef shakli xos. Doimiy oqar daryolar yo’q. Muzrabot, Talxab darasi- dan oqib o’tuvchi soylar bahorda sersuv. Tuproklari oddiy bo’z tuproq, Sherobod tepalari to’q bo’z tuproq. Yotqiziqlar tar- kibida gips va tuz mavjud bo’lganligi tu- fayli tuproqlar, grunt hamda quduq suv- lari ham sho’r. Qo’ng’irbosh, rang, shuvoq, biyurg’un, sho’ra, gulxayri, oqquray va b. o’simliklar o’sadi. Asosan, chorvachilik, ayrim joylarda lalmi dehqonchilik b-n shug’ullaniladi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga o’rtacha 1-3 ts.