Kalxat burgutdan nimasi bilan farq qiladi?

Kalxat va burgut zohiran bir-biriga o’xshash, ammo bu o’xshashlik faqatgina zohiriydir, chunki har ikki qush ancha katta va yirtqichdirlar. Aslida ular bir oilaning ikki turidir. Darvoqe, ularning yashash joyi ham o’xshash — tog’u toshlar va hokazo. Kalxat so’zini eshitganingizda, ko’z oldingizda mana shunday manzara paydo bo’ladi: yirtqich qush o’tirgancha o’ljasining ko’zlarini cho’qilamoqda yoki pastda jang borayotganini ko’rib, o’limtikdan mazaxo’rak bo’lish maqsadida tog’dan enib kelmoqda. Bunday afsonaviy tasavvur juda jo’n va bu qush haqida asl haqiqatni taassurotni aks ettirmaydi. Burgut kalxatdek qo’rqoq emas. Kalxatlarning ayrim turlari odamlarga yaqin joylarda makon tutadi. Masalan, Misr kalxatlari qishloqlar atrofidagi axlatxonalarda bo’lishni xush ko’radi. Boltayutar-qarchig’ay ham o’zini g’ayrioddiy tutadi: u suyak iliklaridan oziq olish uchun suyaklar sinsin, degan maqsadda ularni qoyalarga otib yuboradi. Kalxatsimonlar (haqiqiy kalxatlar, kulrang kalxatlar, shalpangquloq kalxatlar, yaltirbosh kalxatlar, qumoylar, qo’ng’ir kalxatlar va kal jo’rchilar) burgutlar kabi lochinsimonlar oilasiga mansubdir. Amerika kalxatlari (tojli kalxatlar, kondorlar, kurka kalxatlar va qora kalxatlar) va uzunoyoq kalxatlar (sekretarlar) alohida oilani tashkil etadi. Kalxatsimonlar yer sharining quruq, issiq mintaqalarida yashaydi. Eng katta kalxat Kaliforniya kondori hisoblanadi: uning oyoqlari uchidan to qanotlarining uchigacha bo’lgan uzunligi ba’zan uch metrga yetadi. Boshqa yirthich qushlardan farqli ravishda kalxatlar o’ljasini ov yordamida topmaydi. Ular o’limtiklar va o’lgan hayvonlarning qoldiqlari hisobiga kun kechiradi. Ayrim paytlarda ular qotillik arslondek katta ovchi tomonidan amalga oshirilishini kutib o’tiradi. Axir u faqat toza o’zi ov qilgan go’shtni yeydi va o’z o’ljasiga sira qaytib kelmaydi. Arslon ochligini qondirib bo’lgach, it va sirtlon qornini qappaytirib oladi. Shundan keyingina kalxatning gali keladi. Ko’pgina kalxatlar yarg’oqbosh bo’lishini sezganmisiz, ularning boshi va bo’ynida patlar o’sib chiqmaydi. Bu kalxat boshini hayvonning go’shtiga egganda ifloslanishdan saqlaydi. Yevropa va Osiyo kalxatlari qanot qoqqanda 3 metr, ularning amerikalik turdoshi sanalmish kondorniki 3,5 metrga yetadi. Ularning hammasi 50 va undan ko’p yil yashaydi. Burgutlar kabi kalxatlar ham o’zining o’tkir ko’zi bilan mashhurdir, ular o’lik yoki o’layotgan hayvonni ancha uzoq masofadan turib ko’ra oladi. Shuning barobarida kalxatlar durustgina sezgi a’zolariga egaki, bu qushlar orasida noyob hodisadir. Burgut kabi kalxat ham ko’p mamlakatlar gerbida aks ettirilgan. Masalan, AQShning gerbida biz Kaliforniya kondorining tasvirini ko’rishimiz mumkin.