Kanakunjut

Kanakunjut (Ricinus) – sutla- madoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik, asosan, moy olish uchun eki- ladigan ekin. K.ning 3 turi uchraydi: mayda urug’li K. — Ricinus microcarpus G. Pop.; yirik urug’li K. — Ricinus macrocarpus G. Pop.; Zanzibar kanakun- Juti [Ricinus zanzibarinus G. Pop (R. communis)]. Misrda mil. AV. 2-ming yillikdan boshlab ekilgan. Vatani — Shim.-Sharqiy Afrika. Jahondagi ko’pgina mamlakatlar dehqonchiligida ikki, uch yillik yoki bir yillik ekin tarzida o’stiriladi. O’zbekistonning sug’oriladigan mintaqalarida bir yil- lik ekin. K. ekilgan maydonlar jahon bo’yicha 1280 ming ga, o’rtacha hosildorlik 10,49 ts/ga ni tashkil qiladi (1999). O’zbekistonning sug’oriladigan er- larida hosildorligi 20-25 ts/ga. K.ning o’q ildizi tuproqqa 2-4 m gacha kirib boradi. Poyasi o’tsimon, ichi ko- vak, tik o’sadi. Balandligi o’z vatanida (tropik mintaqalarda) 6-10 m gacha, O’zbekistonda 2-3 m. Poyasi shoxlanadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo’laklarga bo’lingan. Guli mayda, yashil, gulto’plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gulto- jibargdan iborat. Gul to’plami uchki qismida urg’ochi gullari, pastki qismida erkak gullari joylashadi. To’pguli uz. 10-30 sm, ba’zan 70 sm ga boradi. Me- vasi — uch uyali ko’sakcha. Ayrim poyalarda ko’sakchalar etilganda chatnaydi. Urug’i — tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug’i vazni 150— 500 g, tarkibida 40-57% moy mavjud. K. issiqsevar, yorug’sevar, namsevar o’simlik, unumdor erlarda yaxshi o’sadi. O’sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82-86) guruhiga kiradi. (-10° dan -18° da qotadi), tabobatda (K. moyi-kastorka), parfyumeriyada, lok-bo’yoq sanoatida, so- Vun tayyorlashda,teri va to’qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Kunjara- si zaharli (risinin alkaloidi bor), o’g’it hamda elim i.ch.da ishlatiladi. K. kuzgi don, dukkakli don, makkajo’xori ekinlaridan bo’shagan erlarga ekiladi. Ad.: Otaboeva H. N. va b., O’simlikshunoslik, T., 2000. Halima Otaboeva.