Kanal, Sug’orish kanali
Kanal, Sug’orish kanali — Max- sus qazilgan suv yo’li, sug’orish siste- masining asosiy qismi. K., o’taydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va sh.k. suv manbalaridan sug’oriladigan erlarga suv oqib keladi- gan); taqsimlaydigan (magistral kanal- lardagi suvni tuman yoki xo’jaliklarga tarqatadigan); xo’jalik (suvni tuman- lararo yoki xo’jaliklararo K.dan olib, xo’jalikning sug’oriladigan erlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga bo’linadi. K. suv olish insho- otlaridan boshlanadi. Suv olish insho- otlari orqali suv K.ga o’zi oqib o’tadi (o’zioqar kanallar) yoki nasos st-yasi (mashina kanallari) orqali ko’tarib beriladi. K. qazilma, ko’tarma, yarim qazilma-yarim ko’tarma tarzda qurilishi mumkin. Odatda, uning ko’ndalang ke- simi trapesiya shaklida bo’ladi. Ayrim hollarda, K. o’zani beton yoki temir be- ton b-n krplanadi, hoz. davrda yig’ma temir-beton konstruktsiyalaridan keng foydalanilmoqda. Magistral, tumanla- raro vaxo’jaliklararo K.lar bo’ylab uni ishlatish b-n bog’liq bo’lgan yo’l va aloqa liniyasi o’tkazish uchun er-qirg’oq polosa- si ajratiladi. Bir K.dan ikkinchisiga suv taqsimlanadigan joylarda rostlagich zulfinlari va suv o’lchagich moslamalar b-n ta’minlanadigan suv taqsimlagich inshootlar quriladi,; K.ning Daryo, yo’l, jar va sh.k. to’siqlar b-n kesishgan joyi- da akveduk, dyuker va b. gidrotexnika in- shootlari kuriladi. K. trassasi, uning o’lchamlari va quriladigan inshoot tipla- ri maxsus texnik-iqtisodiy va gidrav- lik hisoblar asosida tanlanadi. Yirik sug’orish sistemalarida magistral K.lar uzunligi bir necha yuz km ga etadi. K.ning asosiy ekspluatasiya ko’rsatkichlari: suv o’tkazish imkoniyati (maksimal suv sar- Fi kanalning ko’ndalang kesimi bo’ylab vaqt birligida o’tadigan suv hajmi, m3/s); kanalning foydali ish koeffi- tsienti (kanal oxiridagi suv sarfi- ning uning bosh qismidagi suv sarfi- ga nisbati, hisoblanayotgan uchastkada mayda kanallarga berilgan suv sarfi chegirib tashlanadi. K. tubiga shimila- digan suvni kamaytirish va kanalning foydali ish koeffisientini oshirish maqsadida K. o’zani polietilen plyonka va b. sun’iy materiallar b-n qoplanadi). Qishloq xo’jaligi, asosan, sug’orma dehqonchilikka asoslangan O’rta Osiyoda juda yirik K.lar, jumladan, Turkma- nistonda Krrakum kanali, Tojikiston- da katta Hisor kanali, O’zbekistonda Amu-Buxoro mashina kanali, karshi magistral kanali, katta Farg’ona kana- li, Janubiy Mirzacho’l kanali, Do’stlik kanali va b. qurilgan (jadvalga q.). O’zbekistonda umumiy suv sarfi sekun- diga 2500 m3 dan ortiq 74 kanal bor. Xo’jaliklararo kanallarning umu- miy uz. 32,4 ming km dan ortiq (2000). O’rta Osiyodagi yangi o’zlashtirilayotgan erlarda xo’jalik K.lari qurishda te- Mir-betondan yasalgan novlar (loto- klar) keng qo’llanilmoqda. Qadimdan sug’orib kelinayotgan maydonlardagi sug’orish tarmoqlari qayta qurilmoqda — ochiq xo’jalik K.lari suv o’tkazgich quvurlar b-n almashtirilmoqda. K.lar avtomatik boshqarish sistemasi tar- kibiga olinmoqda, bu esa suvni behuda sarflash va b. ekspluatasisi nobud- garchilikka barham beradi, uni is- te’molchilarga optimal taqsimlashni ta’minlaydi (O’rta Osiyoda birinchi suv xo’jaligini avtomatik boshqarish sistemasi Zarafshon daryosi havzasida 1978 y.da tashkil etilgan). K.lardan foydalanishni sug’orish tarmog’i boshqarmalari va maxsus boshqarmalar amalga oshiradi. Boshqarmalarning aso- siy vazifalari: suvdan foydalanish rejalariga muvofiq suvni etkazib be- rish, hisobga olish va taqsimlash; K.ni, inshoot va aloqa tarmoqlarini yaxshi holatda saqlash, joriy va avariya ta’- mirini o’tkazishdan iborat. Yillik joriy ishlarga (K.ni loyqa va oqiziq cho’kmalaridan tozalash, qisman buzilgan joylarni tuzatish ishlari va sh.k.) suv iste’molchi xo’jaliklar jalb qilinadi. Bunday hollarda sug’orish boshqarmalari texnika nazoratini amalga oshiradi. Ad.: Ahmedov X. A., Sug’orish meliorasiya- si, T., 1977; Natal chuk M. F. i dr., Eksplu- atasiya orositelnix sistemi, M., 1983. Sharif Hamdamov, Zi- Yomiddin Artukmetov.